ANTIINQIROZIY MOLIYAVIY BOSHQARUVDA KORXONA TO'LOV QOBILIYATI TUSHUNCHASI VA UNI ANIQLASHDA MOLIYAVIY KOEFFITSIYENTLARDAN FOYDALANISH
Abstract
Ushbu maqolada antiinqiroziy moliyaviy boshqaruv tizimida korxonaning to‘lov qobiliyati tushunchasi va uni aniqlashning nazariy hamda amaliy asoslari chuqur tahlil qilingan. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda likvidlik, rentabellik, moliyaviy mustaqillik va aylanish koeffitsiyentlarining o‘rni keng yoritilgan. Shuningdek, Altman Z-indeksi kabi bankrotlik modellarining korxona to‘lovga layoqatliligini erta aniqlashdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston korxonalarida moliyaviy tahlilni raqamlashtirish, sun’iy intellekt asosida erta ogohlantirish tizimini joriy etish zaruriyati asoslab berilgan. Natijalar antiinqiroziy boshqaruvni takomillashtirish, korxona moliyaviy sog‘lomligini oshirish va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.