ANTIINQIROZIY MOLIYAVIY BOSHQARUV
Abstract
Ushbu maqola "Antiinqiroziy moliyaviy boshqaruv" mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, moliyaviy inqirozlarni oldini olish va ularni samarali boshqarish mexanizmlarini o‘rganadi. Moliyaviy boshqaruvning antiinqiroziy tamoyillari korxona va tashkilotlarning barqaror rivojlanishi, likvidlikni ta’minlash, risklarni kamaytirish va moliyaviy oqimlarni optimallashtirishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, maqolada antiinqiroziy moliyaviy strategiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etishning dolzarb yo‘nalishlari, metodikasi va asosiy vositalari ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari moliyaviy barqarorlikni oshirish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish va inqirozli vaziyatlarda tezkor qarorlar qabul qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.