SAMARKAND VILOYAT XUDUDIDAN OQIB O'TAYOTGAN QORADARYO SUVINI KAM HAJIMLI MIQDORDA EKOLOGIK ZARARLARSIZ ELEKTROKIMYOVIY USULDA TOZALASH JARAYONINI KIMYOVIY VA STATISTIK TAHLILI
Abstract
Qoradaryo havzasi yuzaki suv havzasini elektrokimyoviy tozalash va suvni elektrokoagulyatsiya yo‘li bilan tozalash jarayonlarida aralashtirish va flokulyatsiya jarayonlari tahlil qilindi. Tabiiy suvlarni elektrokimyoviy tozalash hamda loyqa suvlarni elektrokoagulyatsion tozalashda aralashtirish va flokulyatsiya jarayonlarining ahamiyati nazariy jihatdan o‘rganildi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati Qoradaryo daryosi suvlarini elektrokimyoviy tozalash tizimini ishlab chiqish hamda suvni elektrokimyoviy tozalash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni joriy etishda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, suv ta’minoti tizimida samarali va ilg‘or suv tozalash texnologiyalaridan foydalanish orqali aholi punktlarining suv bilan ta’minlanish darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Not yet translated