BOSHQARUV HISOBIGA BLOKCHEYNNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Abstract
Blokcheyn texnologiyasi axborot xavfsizligi, ma’lumotlarning o‘zgarmasligi va shaffofligi tamoyillariga asoslangan holda moliyaviy va boshqaruv hisobi sohasida inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega. Ushbu maqolada boshqaruv hisobiga blokcheynni joriy etishning ilmiy asoslari, uning afzalliklari va cheklovlari tahlil qilinadi. Shuningdek, texnologik rivojlanishlar, tarmoq arxitekturasi, smart-kontraktlar va buxgalteriya tizimlarining integratsiyasini hisobga olgan holda blokcheynning samaradorligi baholanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, blokcheyn asosidagi boshqaruv hisobi korporativ shaffoflikni oshirish, hisob-kitob tizimlarini avtomatizatsiya qilish va ta’minot zanjiri monitoringini takomillashtirishda muhim vosita bo‘lishi mumkin. Biroq, uning amaliyotda keng qo‘llanilishi huquqiy, texnologik va iqtisodiy cheklovlarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Not yet translated