XIV ASRDAGI GEOSIYOSIY VAZIYAT VA KUCHLAR MUVOZANATI SHAROITIDA AMIR TEMURNING TASHQI SIYOSAT DOKTRINASI
Abstract
Mazkur maqolada XIV asrda yuz bergan geosiyosiy o‘zgarishlar hamda ularning Movarounnahr va kengroq Yevroosiyo makonidagi siyosiy jarayonlarga ta’siri tahlil qilingan. Mo‘g‘ullar imperiyasining parchalanishi, Abbosiy xalifaligining tugashi va Buyuk Ipak yo‘lining tanazzuli oqibatida mintaqada siyosiy beqarorlik kuchaygani ko‘rsatib o‘tiladi. Shu tarixiy sharoit Amir Temurning siyosiy sahnaga chiqishiga va uning tashqi siyosat doktrinasi shakllanishiga zamin yaratgan. Maqolada A.Temurning tashqi siyosati harbiy yurishlargina emas, balki diplomatiya, savdo va sivilizatsion aloqalarni tiklashga qaratilgani yoritilgan. Shuningdek, Amir Temur va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi ehtimoliy ittifoq g‘oyalari, xususan Usmoniylar davlatining kengayishiga qarshi diplomatik aloqalar tahlil etiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Amir Temur o‘z davrining global geosiyosiy muammolariga javob bera olgan strategik siyosatchi sifatida namoyon bo‘ladi.
Not yet translated