TOʻQIMACHILIK KORXONALARINING RAQOBATBARDOSHLIGINI TA'MINLASHDA KORPORATIV MADANIYAT VA MARKETING STRATEGIYALARI UYGʻUNLIGI
Abstract
Ushbu maqolada Oʻzbekistonning toʻqimachilik sanoati korxonalari tomonidan ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida qoʻllanilayotgan zamonaviy marketing strategiyalari tahlil qilinadi. FULL COTTON MChJ va BETLIS TEKSTIL MChJ misolida mahsulotni ilgari surish boʻyicha mavjud yondashuvlar – raqamli kanallar, narx siyosati, assortimentni kengaytirish hamda xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etish kabi jihatlar koʻrib chiqiladi. Marketing strategiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda korporativ madaniyatning ta'siriga alohida e'tibor qaratiladi. Barqaror rivojlanishga toʻsqinlik qilayotgan muammolar va asosiy tendensiyalar aniqlanib, brendni mustahkamlash, savdo kanallarini diversifikatsiya qilish, mahsulot sifati va ichki tashkiliy resurslardan ustunlik omili sifatida foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.