QON TARKIBI PLAZMA OQSILLARI LIMFA RETIKULLYAR TIZIM BIOKIMYOSI
Abstract
Qonning oʻrtacha miqdori katta odamda 5 I boʻIib, u tana massasining oʻrtacha 7 % ini tashkil etadi. I kg tana massasiga oʻrtacha 70 ml qon toʻgʻri keladi.Probirkaga bir tomchi geparin moddasini tomizib, ustiga 2-3 ml qon quyib, sentrifugada bir necha minut davomida aylantirilsa, u ikki qismga: ustki qismida rangsiz qon plazmasiga, pastki qismida esa qonning qizil rangdagi quyuq qismi — shaklli elementlarga ajraladi. Shunday qilib, qon ikki qismdan iborat: birinchi qismi qonning suyuq qismi, ya'ni qon plazmasi, ikkinchi qismi qonning quyuq qismi, ya'ni shaklIi elementlaridir. 🩸 Plazma Oqsilarining Asosiy Turlari :《Albumin》· Ulushi: 60% (eng ko’p miqdorda)· Asosiy vazifasi: Suvni qon tomirlarida ushlab turish· Qiziqarli fakt: Agar albumin bo’lmasa, suv to’qimalarga oqib, shish paydo bo’lardi!《Globulinlar – “Qo’riqchilar va Tashuvchilar”》· Alpha va Beta globulinlar: Vitaminlar va minerallarni tashiydi.Gamma globulinlar: Immunitet tizimining “askarlari” bo’lib, virus va bakteriyalarga qarshi kurashadi. [Fibrinogen]Vazifasi: Yaralangan joyda qon ivishini ta’minlash.Qanday ishlaydi: Yaradan so’ng fibrinogen fibringa aylanib, “to’siq” hosil qiladi.Limfa–retikulyar tizim (LRT) — organizmning immunobiokimyoviy himoya tizimi bo‘lib, u limfa tomirlari, limfa tugunlari, taloq, jigar, suyak ko‘migi, timus va retikuloendotelial hujayralardan tashkil topgan.Uning asosiy vazifasi – metabolitlarni tashish, immun javobni shakllantirish va toksik moddalardan organizmni himoya qilishdir.