ZAMONAVIY PEDAGOGIKADA PEDAGOGIK KASB VA UNGA QO'YILAYOTGAN TALABLAR
Abstract
Maqolada zamonaviy pedagogika talablari asosida pedagogik kasb mohiyatining yangicha talqin qilinishi, o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilayotgan zamonaviy mezonlarning o‘zgarib borishi hamda kompetensiyaviy yondashuvning ta’lim jarayonida tutgan o‘rni haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, globallashuv, raqamli texnologiyalar va ijtimoiy-madaniy omillar ta’lim tizimiga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinib, bugungi kun pedagogining innovatsion, kommunikativ, refleksiv va AKT ko‘nikmalari nechog‘lik zarur ekani ilmiy va amaliy dalillar asosida yoritiladi. Ta’limning insonparvarlashuvi, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, loyiha asosida ta’lim kabi metodlarning pedagogik kasbga olib kirayotgan yangi mazmuni ham maqolada o‘z aksini topgan.
Not yet translated