Skip to main content
Article

RISHTON KULOLCHILIK SAN'ATI: NOMODDIY MADANIY MEROSNI SAQLASH VA AVLODLARGA YETKAZISHDAGI MUAMMOLAR

Avloqulov, BoburPh.D student, Tashkent State University of Oriental Studies Email: [email protected]
ABI

Abstract

Ushbu maqolada Rishton kulolchilik san’ati O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosi sifatida ilmiy tahlil etiladi. Tadqiqot doirasida mazkur san’atning tarixiy shakllanish jarayoni, ustoz-shogird tizimining hunarmandchilik maktabida tutgan o‘rni va ahamiyati, shuningdek, madaniy merosni saqlash hamda uni kelajak avlodlarga yetkazish jarayonidagi dolzarb muammolar batafsil ko‘rib chiqiladi. Metodologik asos sifatida tarixiy tahlil, etnografik kuzatuvlar, ustalar bilan olib borilgan suhbatlar hamda ilmiy manbalar sharhiga asoslangan yondashuv qo‘llanildi. Mazkur yondashuv Rishton kulolchilik san’atining nafaqat badiiy-estetik va texnologik jihatdan noyobligini, balki uning mahalliy jamoalarda ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etishini ham ochib beradi. Tadqiqot natijalari ushbu san’at turi an’anaviy hunarmandchilikning o‘ziga xos maktabini yaratganini, madaniy o‘ziga xosligini mustahkamlashga xizmat qilayotganini va zamonaviy sharoitda yangi rivojlanish imkoniyatlarini talab qilayotganini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references