Skip to main content
Article

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SANOAT KORXONALARINING BARQARORLIGINI TA'MINLASH OMILLARI

Toʻrayev Sardorbek ToʻrayevichToshkent davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va moliya vazirligi, davlat qarzi departamenti, yetakchi mutaxassisi
ABI

Abstract

Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida sanoat korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta'minlash omillari tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotda iqtisodiy barqarorlikni oshirish boʻyicha ilgʻor mamlakatlar (Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy) tajribasi oʻrganilib, ularning sanoat tarmoqlarida raqamli texnologiyalar (IoT, Big Data, AI, ERP, Blockchain)ni joriy etish orqali barqaror rivojlanishga erishish mexanizmlari yoritiladi. Maqolada sanoat korxonalarining iqtisodiy barqarorligini baholashga nazariy yondashuvlar asosida ichki va tashqi omillar — raqamli infratuzilmaning rivojlanish darajasi, innovatsion faoliyat, raqamli boshqaruv madaniyati va kadrlar salohiyati kabi koʻrsatkichlarning ta'siri aniqlanadi. Shuningdek, sanoat korxonalari barqaror faoliyatini ta'minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilib, raqamli transformatsiya omillari bilan integratsiyalashgan model taklif etiladi. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston sanoat korxonalarida raqamli yechimlar asosida barqarorlikni oshirish strategiyasini shakllantirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references