Skip to main content
Article

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA INDIVIDUAL TA'LIMNI TASHKIL ETISH MAZMUNI (MAKTABGACHA TA'LIM YO'NALISHI MISOLIDA)

Arslonova Gulsora Kurbanovna.Toshkent amaliy fanlar universiteti "Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi
ABI

Abstract

Annotatsiya. Individual ta’limning afzaligi shundaki, o‘quv faoliyati metodlari, mazmuni va maqsadi talabalarning qobiliyatiga ko‘ra belgilanadi. Ularning hatti-harakati kuzatiladi va o‘quv topshiriqlari, vazifalarini bajarishini nazorat qiladi. Talabalar faoliyatini maqsadga muvofiq yo‘naltiradi va bilimga intilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bularning barchasi talabadan rejali ishlashni, o‘z imkoniyatlarini doimo nazorat qilishni, vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishni hamda yuqori natijalarga erishishni talab etadi. Individual yondashuvda o‘quv-tarbiyaviy ishlar talabalarning shaxsiy xususiyatlari va individual dasturi asosida tashkil etiladi. Mazkur jarayonda mavjud texnologiyalardan foydalaniladi. O‘qituvchi muloqot o‘rnatishda talabaning individual xususiyatini inobatga oladi. Ta’lim jarayonida talabaning imkoniyati va xohishlarini ko‘zda tutadi. Psixologik-pedagogik sharoit yaratish nafaqat talabalarning rivojlantirish, balki ularning har birining kamol topishini kafolatlaydi. Ta’limni individuallashtirishga mustaqil tizim sifatida ham qaraladi chunki pedagogik texnologiyaning barcha belgilari va sifatlari namoyon bo‘ladi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references