FRANCHAYZING VA KLASTER YONDASHUVI SHAROITIDA UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMI
Abstract
Mazkur tadqiqot umumiy ovqatlanish (UO) tarmogʻida franshizing va klaster yondashuvini integratsiyalash orqali samaradorlikni oshirishga qaratilgan tashkiliyiqtisodiy mexanizmni ishlab chiqishga bagʻishlangan. Ushbu yondashuvda tarmoq subyektlari oʻrtasidagi vertikal (franshiza zanjiri) va gorizontal (klaster sinergiyasi) integratsiya iqtisodiy barqarorlik, innovatsion faollik hamda hududiy oʻsishning muvofiqlashtirilgan tizimi sifatida qaraladi. Mexanizmning konseptual bazasi quyidagi nazariy paradigmalarga tayangan: resursga asoslangan qarash (Resource-Based View, RBV), bilim transferi va replikatsiya strategiyalari, aglomeratsiya hamda klaster iqtisodiyotlari, koʻp birlikli franshizing (Multi-Unit Franchising) evolyutsion modeli. Mazkur nazariy yondashuvlar asosida franshizing va klaster modelining oʻzaro uygʻunlashuvi tarmoqning innovatsion oʻsishini tezlashtiruvchi mexanizm sifatida izohlanadi.