ELEKTRON TIJORATDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqola “Elektron tijoratda sun'iy intellekt texnologiyalarini qoʻllash yoʻllari va istiqbollari” mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, unda elektron tijorat hamda sun'iy intellekt tushunchalarining nazariy asoslari, ularning evolyutsion rivojlanish bosqichlari va oʻzaro integratsiya mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotda sun'iy intellekt (AI) texnologiyalarining elektron tijorat sohasidagi qoʻllanish yoʻnalishlari, ular orqali raqamli savdo jarayonlarini optimallashtirish imkoniyatlari, avtomatlashtirilgan marketing, mijozlar xatti-harakatlarini prognozlash, tavsiya tizimi va shaxsiylashtirilgan xizmatlar kabi asosiy funksional jihatlar yoritilgan. Shuningdek, maqolada AI texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari, mavjud muammolari hamda zamonaviy rivojlanish tendensiyalari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, elektron tijoratda sun'iy intellektning joriy etilishi nafaqat biznesjarayonlarining samaradorligini oshiradi, balki raqobatbardoshlikni mustahkamlaydi, iste'molchi tajribasini yaxshilaydi hamda iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasini jadallashtiradi.