Skip to main content
Article

QURILISH MATERIALLARI SANOATIDA ISHLAB CHIQARISHNI SIFAT MENEJMENTI TAMOYILLARI ASOSIDA TASHKIL ETISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR

Ismailov Allayor RashidovichToshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Innovatsion menejment" kafedrasi PhD dotsent
ABI

Abstract

Ushbu maqolada qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarishni sifat menejmenti tamoyillari asosida tashkil etish masalalari tahlil qilingan. Sohada soʻnggi yillarda kuzatilayotgan ishlab chiqarish hajmi oʻsishiga qaramay, mahsulot sifati, standartlarga muvofiqlik, xalqaro raqobatbardoshlik va eksport salohiyatini ta'minlash borasida bir qator tizimli muammolar mavjudligi aniqlangan. Xususan, sement, keramik plitka, qurilish shishasi va boshqa materiallar ishlab chiqarish hajmi, ularning sifat koʻrsatkichlari va ishlab chiqarish jarayonlariga ta'sir etuvchi omillar chuqur oʻrganildi. Ish natijasida, sifat menejmentini amaliy faoliyatga joriy etishdagi toʻsiqlar— eski texnologiyalar, kadrlar malakasining pastligi, standartlashtirish va sertifikatlashning samarasizligi — kabi asosiy muammolar tizimlashtirildi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references