Skip to main content
Article

AGRESSIV KOMPYUTER O'YINLARINING O'SMIRLARNING XULQ-ATVORIGA PSIXOLOGIK TA'SIRI

Tug'unov Abdumannop InamjonovichToshkent amaliy fanlar universiteti Psixologiya kafedrasi kata o'qituvchisi
ABI

Abstract

Annotatsiya Mazkur maqolada agressiv kompyuter o‘yinlarining o‘smir yoshidagilarning xulq-atvoriga psixologik ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zo‘ravonlik va tajovuzkorlik unsurlari mavjud o‘yinlarni muntazam o‘ynaydigan o‘smirlarning emotsional holati, muloqot madaniyati hamda ijtimoiy moslashuvi salbiy tomonga o‘zgaradi. Bunday o‘yinlar real hayotdagi tajovuzni me’yor sifatida qabul qilish, empatiya darajasining pasayishi va impulsiv xatti-harakatlarning kuchayishiga olib keladi. Shu bilan birga, maqolada o‘yinlarning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun psixologik-pedagogik tavsiyalar ham berilgan.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references