Skip to main content
Article

OʻZBEKISTON QATTIQ CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH KORXONALARIDA INNOVATSION MENEJMENT STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISH

Temirov Azizbek Voit oʻgʻliToshkent kimyo-texnologiya instituti "Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti" kafedrasi tayanch doktoranti (PhD)
ABI

Abstract

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda qattiq chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini rivojlantirishda innovatsion menejment strategiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil etiladi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ekologik muammolarnibartaraf etish, chiqindilar hajmini kamaytirish hamda ularni iqtisodiy samarador manbaga aylantirish boʻyicha muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, mavjud chiqindilarni qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari,texnologik imkoniyatlari va boshqaruv mexanizmlari zamon talablariga toʻliq javob bermasligi ushbu sohada innovatsion yondashuvlarni joriy etishni taqozo etadi. Maqolada chiqindilarni qayta ishlash tizimida xalqaro tajriba, xususan, Yevropa Ittifoqi va Osiyo mamlakatlari amaliyoti oʻrganilib, Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash mumkin boʻlgan samarali strategiyalar tahlil qilingan. Shuningdek, innovatsion menejmentning asosiy tamoyillari — resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish, raqamli boshqaruv vositalarini joriy etish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish istiqbollari koʻrib chiqilgan.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references