RAQAMLI JAMIYAT SHAROITIDA SHAXSNING ADAPTIV INTELLEKTI VA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli jamiyat sharoitida shaxsning adaptiv intellekti, uning mohiyati, tarkibiy tuzilishi va rivojlanish mexanizmlari atroflicha tahlil qilinadi. Adaptiv intellekt shaxsning raqamli muhitda mustaqil qaror qabul qilish, muammoli vaziyatlarda yo‘l topish, o‘zgaruvchan texnologik sharoitlarga moslashish hamda ijodiy fikrlash qobiliyatini ifodalaydi. Tadqiqotda raqamli pedagogika, STEAM texnologiyalari va innovatsion o‘qitish uslublarining integratsiyasi orqali adaptiv intellektni rivojlantirish yo‘llari yoritilgan. Maqolada ta’lim jarayonida raqamli vositalardan foydalanishning psixologik-pedagogik jihatlari, o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy va tizimli fikrlashini rivojlantirishdagi roli asoslab berilgan. Innovatsion yondashuvlar asosida o‘qitish o‘quvchilarda nafaqat raqamli savodxonlikni, balki yangi bilimlarni mustaqil egallash va ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Maqola natijalari raqamli jamiyatda raqobatbardosh, moslashuvchan va ijodkor shaxsni tayyorlash yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi.