Skip to main content
Article

KEKSA YOSHDAGI BEMORLARDA YURAK YETISHMOVCHILIGI KLINIK KECHISHINING O'ZIGA XOSLIKLARI

Ismoilov Rustamjon Muydinjon o'g'li1Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti nevrologiya yo'nalishi 2-bosqich ordinatoriQodirxonov Muhammadaminxon Mansurxon o'g'li2Andijon davlat tibbiyot instituti Terapiya yo'nalishi, 1-bosqich magistratura talabasi
ABI

Abstract

Yurak yetishmovchiligi keksa yoshdagi bemorlar orasida keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha komorbid kasalliklar va fiziologik qarish jarayonlari bilan murakkablashadi. Tadqiqot maqsadi keksa yoshdagi bemorlarda yurak yetishmovchiligi kechishining klinik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 65 yoshdan oshgan 60 nafar bemor klinik kuzatuv asosida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, dispnoe, yurak ritm buzilishlari va periferik shishlar eng ko‘p uchragan simptomlar bo‘ldi. Komorbid kasalliklar (arterial gipertenziya, diabet, KOAH) yurak yetishmovchiligining og‘ir kechishiga sabab bo‘ldi. Xulosa o‘rnida, ushbu yosh guruhida tashxis va davolashda individual yondashuv, dori dozalarini moslashtirish hamda muntazam monitoring zarurligi ta’kidlanadi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references