Skip to main content
Article

RAQAMLI JAMİYAT SHAROITIDA SHAXSNING ADAPTİV INTELLEKTİ VA INNOVATSİON YONDASHUVLAR

Karimova Iroda Abdusattarovna,Toshkent gumanitar fanlar universiteti dotsenti v.bQobilov Javohir Kabil o'g'li,Toshkent gumanitar fanlar universiteti iqtisodiyot yo'nalishi talabasi
ABI

Abstract

Annotatsiya: Raqamli transformatsiya inson hayotining barcha sohalarini qamrab olayotgan hozirgi davrda shaxsning adaptiv intellekti raqamli jamiyatning muvaffaqiyatli ishtirokchisiga aylanishida muhim omil sifatida e’tirof etilmoqda. Ushbu maqolada adaptiv intellekt tushunchasi, uning shakllanish mexanizmlari hamda innovatsion yondashuvlarning inson kapitalini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy tahlil qilindi. Muallif raqamli iqtisodiyot sharoitida shaxsning moslashuvchan fikrlashi, texnologik yangiliklarni tez o‘zlashtirishi va ijodiy yechim topish qobiliyatining ahamiyatini asoslab berdi. Tadqiqotda xorijiy va mahalliy olimlar asarlariga tayangan holda adaptiv intellektni rivojlantirishning samarali modellarini aniqlashga qaratilgan yondashuvlar keltirildi. Shuningdek, maqolada ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni integratsiyalash, sun’iy intellekt asosidagi o‘qitish tizimlari, shaxsiylashtirilgan o‘qitish va metakognitiv strategiyalar orqali adaptiv intellektni rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar berildi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references