TA'LIM JARAYONIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISINING ADAPTIV INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK OMILLARI.
Abstract
Annotasiya: Ushbu maqola boshlang‘ich o‘qituvchilarining adaptiv intelektini rivojlantirish kompitetligini oshirish, ta’lim tizimining samaradorligini ta’minlash uchun jahon miqyosida amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli xorijiy amaliyotlarni tahlil qiladi. Shuningdek, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya, Daniya, Yaponiya, Kanada kabi mamlakatlarning ta’lim tizimlardagi asosiy yondashuvlari va strategiyalari keltirilgan. Ularning har biri o‘ziga xos innovatsion yondashuvlari, ta’lim metodlari va tizimlar orqali bolalar uchun yuqori sifatli ta’limni ta’minlashga, ularning tajribalarini o‘rganishga undaydi. Maqolada pedagogik mahorat vazifalari, adaptiv intelekt hamda o‘qituvchining ijodiy faoliyati, o‘quvchilar bilan muloqot madaniyati, turli ijodkor o‘quvchilar qobiliyatini yuzaga chiqarish bu borada pedgogik faoliyatda pedagogik-psixologik texnikani egallash mohiyati singari tushunchalar aks etgan.