HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIGA OMILLAR TA'SIRINI BAHOLASH
Abstract
Ushbu maqolada hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta'sir etuvchi asosiy omillar tizimli tahlil qilingan. Tadqiqotda, xususan, yalpi hududiy mahsulot hajmi, qurilish ishlari hajmi va asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmining oʻzaro bogʻliqligi hamda ularning iqtisodiy oʻsish sur'atlariga ta'siri empirik jihatdan oʻrganilgan. Shuningdek, hududlar boʻyicha iqtisodiy faollik, infratuzilmaviy rivojlanish darajasi va investitsiyaviy muhitning shakllanishi tahlil etilib, har bir omilning mintaqaviy iqtisodiy oʻsishga qoʻshayotgan hissasi baholandi. Tadqiqot natijalari hududlar iqtisodiy salohiyatini oshirish, investitsiyalarni samarali yoʻnaltirish hamda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.