Skip to main content
Article

BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QUVCHILAR TAFAKKURINI KENGAYTIRISH YO'LLARI

Dadajonova Azizajon Abdurazzoq qiziToshkent kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali 1-kurs magistranti
ABI

Abstract

Ushbu maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarining kognitiv va tafakkur qobiliyatlarini rivojlantirishning zamonaviy usullari va metodlarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotning asosiy magsadi - tafakkurni kengaytirishning nazariy asoslari va amaliyotdagi samarali yo'llarini aniglashdir. Maqolada boshlang'ich sinflarda tafakkur rivojlanishining ahamiyati, uning psixologik-pedagogik jihatlari tahili qilinadi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, tafakkurni kengaytirishda quyidagi metodlar samarali hisoblanadi: savol-javob texnikasini takomillashtirish, muammoli vaziyatlar yaratish, interfaol metodlarni qo'llash, raqamli texnologiyalardan foydalanish va badiiy asoslarda muhokamalar olib borish. Eksperimental sinflarda ushbu metodlarni qo'llash natijasida o'quvchilarning muammolarni hal qilish tezligi 40%ga, ijodiy yechimlar soni esa 60%ga oshganligi aniqlandi. Maqolada ta'lim jarayonida tafakkur ko'nikmalarini shakllantirishning dolzarbligi va uni amalga oshirish yo'llari haqida taklif va tavsiyalar bayon etilgan.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references