MAMLAKAT IQTISODIYOTIDA OZIQ-OVQAT SANOATI KORXONALARI FAOLIYATINI STRATEGIK BOSHQARISH MASALALARI
Abstract
Ushbu maqolada mamlakat iqtisodiyotida oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini strategik boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda strategik boshqaruvning mohiyati, uning zamonaviy model va mexanizmlari, shuningdek, oziq-ovqat sanoati korxonalarida strategik rejalashtirish va qaror qabul qilish jarayonlarining oʻziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Maqolada korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish, innovatsion rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlash, ishlab chiqarish samaradorligini ta'minlash hamda bozor talablariga moslashuvchan boshqaruv tizimini shakllantirishning ahamiyati asoslab berilgan. Shu bilan birga, sohada strategik boshqaruvni takomillashtirish, resurslardan oqilona foydalanish va korxonalar barqarorligini mustahkamlashga doir takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirish va iqtisodiyotning umumiy barqarorligini ta'minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega