Skip to main content
Article

"DAVLATNING IQTISODIY XAVFSIZLIGI" TOIFASIGA YONDASHUVLARNING PAYDO BOʻLISHI VA EVOLYUTSIYASI

Karimov Javlon KoʻziyevichToshkent davlat iqtisodiyot universiteti, "Oliy va amaliy matematika" kafedrasi dotsenti, PhD
ABI

Abstract

Mazkur maqolada “davlatning iqtisodiy xavfsizligi” toifasining shakllanishi, unga nazariy yondashuvlarning paydo boʻlishi va evolyutsiyasi bosqichlari ilmiy jihatdantahlil qilingan. Dastlabki davrda iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi makroiqtisodiy barqarorlik va milliy manfaatlar bilan bogʻlangan boʻlsa, keyinchalik u ijtimoiyiqtisodiy tenglik, hududiy barqarorlik, tashqi iqtisodiy omillarga chidamlilik va institutsional rivojlanish kabi keng qamrovli kategoriyaga aylangan. Maqolada klassik iqtisodiy maktab vakillari, zamonaviy institutsional iqtisodchilar va xalqaro tashkilotlar qarashlari qiyoslab oʻrganilgan hamda iqtisodiy xavfsizlik nazariyasining konseptual rivojlanish yoʻnalishlari yoritib berilgan. Tadqiqot natijalari iqtisodiy xavfsizlikni milliy siyosatning ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilash va uni xalqaro tajriba bilan uygʻunlashtirish zarurligini asoslaydi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references