MARKAZIY BANKNING PUL TAKLIFI VA BANK REZERVLARI SIYOSATI: DUNYO VA O'ZBEKISTONDA TAHLIL
Abstract
Mazkur maqolada Markaziy bankning pul taklifi va bank rezervlari siyosati bo‘yicha dunyo tajribasi hamda O‘zbekiston amaliyoti ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda pul massasi (M1, M2, M3 agregatlari) va majburiy rezerv normativlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ularning iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya darajasi va moliyaviy barqarorlikka ta’siri chuqur o‘rganilgan. Jahonning yetakchi markaziy banklari (AQSh Federal rezerv tizimi, Yevropa Markaziy banki, Yaponiya Markaziy banki) amaliyotida qo‘llanilayotgan monetar vositalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki siyosati bilan qiyoslab tahlil etildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston so‘nggi yillarda bosqichma-bosqich likvidlikni yumshatish, rezerv me’yorlarini pasaytirish va pul massasining kengayishini iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish omili sifatida qo‘llab kelmoqda. Shu bilan birga, pul taklifining haddan tashqari o‘sishi inflyatsion xavflarni kuchaytirishi, bank tizimi aktivlarining sifati va real foiz stavkalariga ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Maqolada muallif tomonidan pulkredit siyosatini optimallashtirish, rezerv siyosatini riskga asoslangan mexanizmlar bilan uyg‘unlashtirish va xalqaro tajribalarni mahalliy iqtisodiyotga moslashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.