Skip to main content
Article

SOG'LIQNI SAQLASH TIZIMIDA VAQTNI BOSHQARISH: SHIFOKOR VA BEMOR UCHUN IMKONIYATLAR

Xasanov AkramjonToshkent davlat iqtisodiyot universiteti MNP-76 guruh talabasiIbragimov G'anijon G'ayratovichToshkent davlat iqtisodiyot universiteti Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish markazi boshlig'i - Innovatsion menejment kafedrasi dotsenti Phd,
ABI

Abstract

Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash tizimida vaqtni boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Shifokorlar va bemorlar uchun vaqtning samarali taqsimlanishi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati hamda sog‘lomlashtirish jarayonining tezligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritilgan. Jahon tajribasiga asoslanib, AQSh, Germaniya va Yaponiya sog‘liqni saqlash tizimlarida vaqtni boshqarishning ilg‘or modellari o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari – elektron poliklinika, telemeditsina va raqamli boshqaruv tizimlari joriy etish orqali kutish vaqtini qisqartirish hamda samaradorlikni oshirish imkoniyatlari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilishda vaqtni boshqarishning strategik ahamiyatini asoslab beradi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references