Skip to main content
Article

"Ingliz va o'zbek guruhlarida kontekstual omonimlarning lingvokognitiv xususiyatlarini o'qitish"

Sabirova Nodira Maxmutovna2 -bosqich magistratura talabasi Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek guruhlarida kontekstual omonimlarning lingvokognitiv xususiyatlarini o‘qitish masalasi yoritiladi. Tadqiqotda kontekstning turli omillari o‘quvchilarning ongida omonim birliklarning ma’nosini faollashtirish, farqlash va talqin qilish jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Shuningdek, kontseptual xaritalash, semantik faollashuv va kontekstual inferensiya kabi kognitiv mexanizmlarning omonimlarning turli ma’nolarini ajratib ko‘rsatishdagi roli tadqiq etiladi. Ingliz va o‘zbek guruhlari misolida kontekstual omonimlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan qiyosiy yondashuvlar samaradorligi baholanadi. Tadqiqot natijalari lingvokognitiv yondashuvni kontrastiv tahlil bilan uyg‘unlashtirish o‘quvchilarning ma’no farqlash ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirishini va omonim birliklarni chuqurroq anglashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references