O'ZBEKISTONDA KAMBAG'ALLIKKA QARSHI KURASH: MUAMMOLAR, SABABLAR VA SAMARALI YECHIMLAR TIZIMI
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistondagi kambag‘allikning iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va ekologik omillar bilan bog‘liq sabablari, uning jamiyat hayotiga ta’siri hamda uni qisqartirish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi (2020–2030)”ning mazmuni, amalga oshirilayotgan islohotlar, xotin-qizlar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, xalqaro tajribalar, xususan, Xitoyning kambag‘allikka qarshi siyosatidan olinadigan saboqlar o‘rganilgan. Maqolada resurslarning hududlar bo‘yicha teng taqsimlanmasligi, ijtimoiy yordam tizimidagi kamchiliklar va norasmiy iqtisodiyotning yuqoriligi kabi to‘siqlar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Yakuniy xulosalarda barqaror bandlikni ta’minlash, sifatli ta’lim va kasb-hunar o‘qitish tizimini rivojlantirish, davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish, shuningdek, ijtimoiy adolat va o‘rta sinfni kengaytirish orqali kambag‘allikni izchil kamaytirish zarurligi ta’kidlanadi.
Not yet translated