YAPONIYANING JANUBIY-SHARQIY OSIYOGA QARATILGAN RASMIY XAVFSIZLIK YORDAM SIYOSATI (OSA)
Abstract
Ushbu maqola Yaponiya tomonidan Janubi-Sharqiy Osiyoga mo‘ljallangan Rasmiy Xavfsizlik Yordam Siyosati (Official Security Assistance — OSA) siyosatini tahlil qiladi. Maqolada Yaponiya OSA siyosatining kelib chiqishi, maqsadlari, mintaqaviy xavfsizlik va geosiyosiy oqibatlari, shuningdek, siyosatni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar ko‘rib chiqilgan. OSA Yaponiyaning FOIP (Erkin va Ochiq Hind-Tinch okeani) konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish vositasi sifatida xizmat qilishi, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarining dengiz va xavfsizlik salohiyatini mustahkamlash orqali mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shishi aniqlangan. Shu bilan birga, OSA Xitoyning kengayib borayotgan ta’siriga qarshi yumshoq muvozanat strategiyasi sifatida ham qabul qilinadi. Maqolada Yaponiya OSA orqali Filippin, Malayziya, Indoneziya va Vetnam kabi davlatlar bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni rivojlantirayotganligi, shuningdek, bu siyosatning Xitoyning kengayib borayotgan ta’siriga qarshi yumshoq muvozanat strategiyasi sifatida qabul qilinishi ta’kidlangan. Shu bilan birga, OSAning konstitutsiyaviy cheklovlar, moliyaviy resurslar va mintaqaviy siyosiy taranglik kabi qiyinchiliklar bilan yuzlashayotgani ham ko‘rsatilgan. Maqola Yaponiya OSA siyosatining mintaqaviy xavfsizlik, strategik hamkorlik va geosiyosiy muvozanatni saqlashdagi ahamiyatini yoritadi, shuningdek, o‘rta qudratli davlatlarning innovatsion va konstitutsiyaga mos xavfsizlik hamkorliklari orqali barqarorlikni mustahkamlashdagi rolini tahlil qiladi.
Not yet translated