Sun'iy intellekt asosida interfaol o'yinlar orqali boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutq faoliyatini rivojlantirish metodikasi
Abstract
Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutq faoliyatini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan - sun'iy intellekt (AI) asosida yaratilgan interfaol o'yinlardan foydalanishning nazariy-metodik asoslari tahlii qilinadi. Didaktik o'yinlarning o'quv jarayonidagi an'anaviy ahamiyati va sun'iy intellektning imkoniyatlari asosida nutqni o'stirishning yangi usullari, ularning pedagogik samaradorligi haqida mulohaza yuritiladi. Ta'limda innovatsion yondashuv sifatida AI-o'yinlarning integratsiyasi, ularning "murakkab nutq", "tushunish va tushuntirish", "kreativ fikrlash" kabi kompetensiyalarni shakllantirishdagi roli o'rganiladi. Maqolada shuningdek, AI-o'yinlarni loyihalash va dars jarayoniga tatbiq etishning amaliy tavsiyalari ham keltirilgan.