ISLOMDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TA`MINLASHNING O`ZIGA XOS JIHATLARI
Abstract
Ushbu maqolada Islom dinida inson huquq va erkinliklarini ta`minlashning asosiy tamoyillari, ularning manbalari hamda amaliy jihatlari o`rganiladi. Qur`on va Hadislarning inson sha`ni, qadr-qimmati, tengligi, adolat, erkin tanlov, mulk dahlsizligi, din va e`tiqod erkinligi kabi fundamental huquqlarni ta`minlashga doir ko`rsatmalari tahlil qilinadi. Shuningdek, Islom huquqi – fiqhda shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy huquqlarni tartibga soluvchi me`yorlar, ularning tarixiy rivoji hamda hozirgi zamon demokratik tamoyillariga uyg`un jihatlari yoritiladi. Maqolada Islomning inson huquqlariga oid yondashuvi umuminsoniy qadriyatlar bilan qiyoslash asosida o`rganilib, uning bugungi globallashuv davrida barqaror jamiyat va adolatli boshqaruvni shakllantirishdagi o`rni ilmiy asosda ko`rsatib beriladi.
Not yet translated