Skip to main content
Article

HAVO IFLOSLANISHINING TURIZM INDUSTRIYASIGA TA'SIRI: O'ZBEKISTON MISOLIDA TAHLIL VA PROGNOZLAR

Erkinjonova, Ravzaxon Shavkat qiziToshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kechki ta'lim va magistratura fakulteti Turizm va mehmonxona biznesi yo'nalishi magistranti
ABI

Abstract

Maqolada havo ifloslanishining turizm industriyasiga ta’siri O‘zbekiston misolida 2016–2025 yillarga oid rasmiy statistik ma’lumotlar asosida ekonometrik usullar yordamida chuqur tahlil qilinadi. Bog‘liq o‘zgaruvchi sifatida xorijiy sayyohlar soni (million kishi), asosiy mustaqil o‘zgaruvchi sifatida esa yillik o‘rtacha PM2.5 konsentratsiyasi (µg/m³) qabul qilingan. Yangilangan ma’lumotlar (2024 yil – 8 million sayyoh, PM2.5 31.4 µg/m³; 2025 yil bahosi – 11.64 million sayyoh, PM2.5 30 µg/m³) qo‘shilgan holda qayta hisoblangan oddiy chiziqli regressiya (OLS) modeli natijalariga ko‘ra, PM2.5 koeffitsienti -0.0626 (p=0.721) bo‘lib, statistik jihatdan ahamiyatsiz, ammo salbiy belgiga ega. Bu havo ifloslanishining turizmga salbiy ta’siri kuchayib borayotganini ko‘rsatishi mumkin, garchi hali sezilarli bo‘lmasa-da. Sayyohlar sonining jadal o‘sishi viza rejimining soddalashtirilishi, elektron viza tizimi, keng ko‘lamli marketing kampaniyalari va davlat siyosati bilan izohlanmoqda. Xalqaro adabiyotlar va boshqa mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, uzoq muddatda PM2.5 darajasining yuqori bo‘lib qolishi turizm daromadlarini kamaytirishi mumkin. 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz (PM2.5 har yili 0.5 µg/m³ ga pasayishi taxminida) shuni ko‘rsatadiki, 2030 yilda xorijiy sayyohlar soni 13.61 million kishiga yetishi mumkin. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning barqaror turizm strategiyasini shakllantirishda ekologik siyosatni kuchaytirish zarurligini ta’kidlaydi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references