BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA ART TEXNOLOGIYALARINING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qobiliyatlarini rivojlantirishda ART (san’at va badiiy faoliyatlar) texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida rasm, musiqa, dramatizatsiya, harakat va boshqa badiiy faoliyatlar yordamida o‘quvchilarning ijodiy, intellektual, kommunikativ, estetik va emotsional qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligi tahlil qilindi. ART texnologiyalari o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashni shakllantirish, o‘z fikrini erkin ifodalash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ART texnologiyalarini tizimli va maqsadli qo‘llash darslarni qiziqarli, interfaol va samarali qiladi hamda o‘quvchilarning qobiliyatlarini mukammal rivojlantirishga yordam beradi. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham berilgan.