RAQOBAT HUQUQI VA MONOPOLIYAGA QARSHI TARTIBGA SOLISHNING DOLZARB MUAMMOLARI
Abstract
Mazkur maqolada raqobat huquqi va monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi dolzarb muammolar ilmiy-nazariy tahlil qilinadi. Dunyo tajribasida raqobatni himoya qilish qonunchiligi asosan monopol korxonalar hukmronligini cheklash, korporativ egalikni cheklash hamda narxlarni kelishib olinishini taqiqlash kabi yo‘nalishlarda shakllangan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining 2023-yilda qabul qilingan yangi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni misolida raqobatga qarshi harakatlarni oldini olishga qaratilgan yangi normalar – xususan, raqamli platformalar faoliyatini tartibga solish, monopoliyaga qarshi komplayens joriy etish, ustun mavqe va muzokara kuchini aniqlash mezonlarini yangilash, kartellarga qarshi imtiyozli xabar berish tizimi va moliyaviy jarimalarni joriy etish kabi o‘zgarishlar – tahlil qilinadi. Xorijiy davlatlardagi zamonaviy tendensiyalar, jumladan, raqamli iqtisodiyotdagi platformalarning bozordagi ustunligiga qarshi yangi yondashuvlar, sun’iy intellekt va algoritmik narx belgilash bilan bog‘liq muammolar, mehnat bozorlarida raqobat cheklanishi bilan yuzaga kelayotgan xavflar ham ko‘rib chiqiladi. Iqtisodchi olimlarning fikrlari va xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga tayangan holda, raqobat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha xulosalar va amaliy tavsiyalar beriladi.