PORTLATISH ISHLARIDA DETONATORNI SKVAJINADAGI ZARYADNING MAQBUL KO‘RSATGICHLARIGA JOYLASHTIRISH ORQALI TOG‘ JINSLARINING MAYDALANISH DARAJASINI OSHIRISH
Abstract
Ushbu maqolada ochiq konlarda olib boriladigan burg‘ilab-portlatish ishlarida detonatorning skvajinadagi joylashuv holatining tog‘ jinslarining maydalanish darajasiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Detonatorni skvajinadagi zaryadning pastki qismida, markazida va boshqa muqobil holatlarda joylashtirish natijasida hosil bo‘ladigan kuchlanish to‘lqinlari, energiya taqsimoti hamda portlash samaradorligi solishtirib o‘rganilgan. Nazariy tahlillar va amaliy tajribalar asosida zaryad uzunligining markaziga joylashtirilgan detonator portlash energiyasidan samaraliroq foydalanish imkonini berishi, noo‘lcham tog‘ jinslari miqdorini kamaytirishi va tog‘ jinslarining bir xil hamda mayda bo‘laklanishini ta’minlashi aniqlangan. Tadqiqot natijalari portlatish parametrlarini optimallashtirish orqali konlarda qazib olish samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.