Skip to main content
Article

MEXANIK SHIKASTLANISHLARDAN HIMOYALOVCHI KO'P QATLAMLI MAXSUS KIYIMLAR MATERIALLARINI TAHLIL QILISH

Irodaxon ObidovaFarg'ona davlat texnika universiteti "Yengil sanoat muhandisligi " kafedrasi katta o'qituvchisi t.f.f.d PHDMuqaddasxon AbdumitalovaFarg'ona davlat texnika universiteti M43-25 magistr talabasi
ABI

Abstract

Zamonaviy sanoat tarmoqlarida, xususan avtomobilsozlik va mashinasozlik sohalarida mehnat jarayonlari yuqori mexanik xavflar bilan tavsiflanadi. Ishchilar kesilish, teshilish, zarba va ishqalanish kabi xavf omillariga duch keladilar. Shu sababli mexanik shikastlanishlardan himoyalovchi ko‘p qatlamli maxsus kiyimlarni ishlab chiqish va ularning material tarkibini ilmiy asosda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada ko‘p qatlamli maxsus kiyimlarning konstruktiv tuzilishi, har bir qatlamning funksional vazifalari hamda aramid tolalari, balistik neylon va kompozit materiallarning mexanik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari maxsus kiyimlar mehnat xavfsizligini oshirishda samarali ekanini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references