"TURON" VA "TURKISTON" ATAMALARINING VATAN TIMSOLI SIFATIDAGI TALQINI
Abstract
Mazkur maqolada “Turon”, “Turkiston”, “Movarounnahr”, “Vararud”, “Varajayhun” hamda “Xuroson” atamalarining tarixiy manbalardagi qo‘llanilishi, ularning geografik, etno-geografik, siyosiy-huquqiy va etno-madaniy mazmuni kompleks tarzda tahlil qilinadi. Asosan qadimgi va o‘rta asr yozma manbalari, jumladan, “Avesto”, o‘rta fors, arab va turkiy tarixiy-geografik asarlardagi ma’lumotlar asosida “Turon” va “Turkiston” atamalarining genezisi hamda semantik evolyutsiyasi yoritildi. Shuningdek, Sh. Kamoliddin, V.V. Bartold, B.I. Vaynberg kabi olimlarning ilmiy xulosalari asosida mazkur atamalarning o‘zaro aloqadorligi va tarixiy identitet shakllanishidagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot natijalari Turkiston tarixini xolisona anglashda tarixiy-geografik nomlarning ahamiyatini ko‘rsatib beradi.
Not yet translated