Skip to main content
Article

KAM SONLI BOLALARDAN IBORAT GURUHLARDA TARBIYACHILARNING TARBIYALANUVCHILARNING QIZIQISHINI SHAKLLANTIRISH VA FAOLLIGINI RAG'BATLANTIRISH IMKONIYATLARI

Alisher ZakirovMaktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ps.f.n, dotsMohigul AshurovaMaktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tayanch doktaranti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida kam sonli bolalardan iborat guruhlarlar bilan ishlashning nazariy-metodik asoslari, tarbiyachining pedagogik kompetensiyasi va bolalarda barqaror qiziqish hosil qilish mexanizmlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda kam sonli bolalardan iborat guruhlar faoliyati orqali tarbiyalanuvchilarning kognitiv, ijtimoiy-emotsional va kommunikativ rivojlanishini faollashtirishga xizmat qiluvchi pedagogik yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, o‘yin texnologiyalari, tadqiqot faoliyati, individual-motivatsion yondashuv va rag‘batlantirish metodlarining samaradorligi taqqoslanadi. Maqolada tarbiyachining boshqaruvchanlik qobiliyati, pedagogik muhitni to‘g‘ri tashkil etishi, guruh ichidagi o‘zaro hamkorlik dinamikasini boshqarishi va qiziqishni qo‘llab-quvvatlashda zamonaviy didaktik vositalarning o‘rni alohida ko‘rsatiladi. Olingan ilmiy xulosalar maktabgacha ta’lim tizimida kam sonli bolalardan iborat guruhlar metodikasini yanada takomillashtirishga amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references