GOOGLE EARTH KML FAYLLARI ASOSIDA IRRIGATSIYA TARMOG'INI GRAF KO'RINIShIGA AVTOMAT TARZDA AYLANTIRISH USULLARI
Adilbay QudaybergenovMirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti doktoranti, dotsent, t.f.f.d., (PhD)
ABI
Abstract
Ushbu maqolada Google Earth muhitida tayyorlangan KML/KMZ fayllaridan irrigatsiya tarmog'ini hisoblashga tayyor yo'naltirilgan grafga avtomat aylantirish usuli taklif etilgan. Metod KML tuzilmasini o'qish, koordinatalarni metr tizimiga normallashtirish, yaqinlik bo'yicha tutash va "nuqta–chiziq" proeksiyasi orqali tugunlarni kanal trassalariga biriktirish bosqichlarini qamrab oladi. Siniq chiziqlar tugundan tugunga segmentlanadi, kesishuv, uzilish va dublikat xatolari semantik qoidalar bilan tozalanadi. Atributlar name/description/ExtendedData maydonlaridan qoidaga asoslangan matn tahlil qilgich bilan ajratildi. Amalda Qizketken–Kegeyli misolida PK–s muvofiqligi va segment metrikalari hisoblandi.
Not yet translated
Topics
Identifiers
Citations and references
Cited by 00 references