Skip to main content
Article

XITOY ELCHISI CHJAN CHYANNING MARKAZIY OSIYO TARIXIGA OID MA'LUMOTLARI

Maxpurat Xamzayevna XubbaliyevaSenior Lecturer Doctor of Philosophy (PhD) in History Tashkent State University of Oriental Studies
ABI

Abstract

Mazkur maqolada miloddan avvalgi II asrda Xitoy elchisi va sayohatchisi Chjan Chyan tomonidan amalga oshirilgan sayohatlar natijasida Xitoy dunyoqarashida “G‘arbiy o‘lka” tushunchasining shakllanishi va uning tarixiy-geografik ahamiyati yoritiladi. Unda Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi dastlabki savdo, diplomatik va madaniy aloqalarning vujudga kelishi, bu jarayonda Buyuk ipak yo‘li tizimining shakllanishi, janubiy va shimoliy yo‘nalishlarning geografik tavsifi hamda ularni bosib o‘tishdagi murakkab tabiiy to‘siqlar tahlil qilinadi. Shuningdek, Xan sulolasi davrida G‘arbiy hududlarning siyosiy nazoratga olinishi, harbiy qarorgohlar va yo‘l infratuzilmasining tashkil etilishi masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada xitoy yozma manbalari, xususan, Sima Chyan va Ban Gu asarlari hamda rus sinologi N. Ya. Bichurin tarjimalari asosida Davan (Farg‘ona), Kangyuy, Buyuk Yuechji, Daxya va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari haqidagi ma’lumotlar tahlil etiladi. Shuningdek, Chjan Chyan faoliyatining tarixiy ahamiyati va Gan Yingning keyingi davrdagi sayohati kontekstida Xitoyning G‘arb bilan aloqalarini kengaytirishdagi roli ochib beriladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references