ZAMONAVIY PEDAGOGIKADA PEDAGOGIK KASB VA UNGA QO'YILAYOTGAN TALABLAR
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy pedagogikada pedagogik kasb mazmunining o‘zgarishi, o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilayotgan yangilangan talablar, kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati hamda ta’lim jarayonining globallashuv, raqamli transformatsiya va ijtimoiy-madaniy omillar ta’sirida qayta talqin qilinishi haqida fikr yuritiladi. Maqola davomida o‘qituvchi faoliyatining bugungi sharoitdagi xususiyatlari, zamonaviy pedagogning kasbiy madaniyati, kommunikativ, innovatsion, refleksiv hamda axborot-kommunikatsion ko‘nikmalarining dolzarbligi ilmiy-nazariy asoslar va amaliy kuzatishlar bilan asoslab beriladi. Shuningdek, ta’lim jarayonining insonparvarlashuvi, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv va loyiha asosida o‘qitish kabi metodlar pedagogik kasbga yangi mazmun bag‘ishlayotgani tahlil qilinadi.
Not yet translated