Skip to main content
Article

RAK KASALLIGIGA QARSHI IMMUNOTERAPIYA: ZAMONAVIY YUTUQLAR

Kudratova NozaninToshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Yuz-jag' jarrohligi magistratura talabasi
ABI

Abstract

Ushbu tezisda onkologiyada inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirgan rak immunoterapiyasining zamonaviy yo‘nalishlari va yutuqlari tahli qilinadi. Immunoterapiya – bu bemorning o‘z immunitet tizimini faollashtirish yoki kuchaytirish orqali saraton hujayralarini tanib olish va yo‘q qilish qobiliyatini tiklovchi davolash usulidir. Tezisda ushbu usullarning kimyoterapiya va radiologik davoga nisbatan afzalliklari (uzoq muddatli javob, yon ta'sirlarning nisbatan kamligi), shuningdek, hozirgi cheklovlari (yuqori narx, hamma bemorlarda samara bermaslik, og‘ir autoimmun yon ta'sirlar) ko‘rib chiqiladi. Xulosa qilib, immunoterapiya saraton davolashda yangi davrni ochgan bo‘lsa-da, uning samaradorligini oshirish va yon ta'sirlarni kamaytirish uchun kombinatsiyalashgan yondashuvlar (kimyoterapiya, nishonli terapiya bilan birga) va yangi nishonlarni izlash bo‘yicha tadqiqotlar davom etmoqda.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references