Skip to main content
Article

OYOQCHISOY HAVZASIDA OLIB BORILGAN YANGI TADQIQOTLARGA DOIR

Dilmurod NormurodovPhD., Senior Researcher, National University of Uzbekistan E-mail: [email protected]Rustam SuleymanovDoctor of Historical Sciences, Professor, National University of Uzbekistan E-mail: [email protected]Shukhrat Shonazarovsenior lecturer, National University of Uzbekistan E-mail: [email protected]M. M. SaidovPhD., Senior Researcher, Samarkand Institute of Archaeology E-mail: [email protected]Saidazimkhon AmonovBasic doctoral student, Samarkand Archaeological Institute E-mail: [email protected]
ABI

Abstract

Ushbu maqola Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Oyoqchisoy havzasida olib borilgan yangi arxeologik tadqiqotlarning natijalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ushbu havzada 18 ta arxeologik yodgorliklarga tavsif berilgan. Ushbu yodgorliklardan ayrimlari XX asrning 70–80-yillarida Kesh arxeologik-topografik ekspeditsiyasi tomonidan aniqlangan, ularning tarh-rejasi chizib olinganligi, keyin Samarqand arxeologiya institut ilmiy xodimlari tomonidan qayd qilingan bo‘lsa-da, havzaning arxeologik yodgorliklari yaxlit tavsiflanmaganligi, yaxlit tavsiflash orqali havzaning o‘zlashtirish manzarasi ochib berilganligi qayd qilingan. Shuningdek, havzadagi 41 ta yodgorlikdan tekshirish ishlari o‘tkazilgan 15 ta: Yontoqtepa (Chaqirtepa-1), Sariqtepa, Kattajartepa, Kichikjartepa, Dumaloqtepa, Eshonqulbobo (Qorovul)tepa, Nomsiz (Qorovul)tepa, Go‘rvon, Chanbilota, Qonjig‘ali qabristoni, Nomsiztepa, Jangaltepa-1, Beshtepa va Qabr-qo‘rg‘onlari “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxati”ga kiritish va ularda yangi tadqiqot ishlarini olib borish lozimligi tavsiya etilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references