KO'Z YOSH APPARATI HAMDA QOVOQLAR PATOLOGIYASINING ZAMONAVIY DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH USULLARI
Abstract
Mazkur maqolada ko‘z yosh apparati va qovoqlar patologiyalarining anatomik, fiziologik va klinik jihatlari, ularni aniqlash va davolashning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiy manbalar — Otto Schirmer tomonidan ishlab chiqilgan ko‘z yosh sekretsiyasini baholash testi va Joseph Hasnerning nasolakrimal kanal anatomiyasi bo‘yicha izlanishlari, shuningdek, zamonaviy tadqiqotlar (Kulikov, Singh, Lin va boshqalar) asosida diagnostika va davolash metodlarining rivojlanishi ko‘rib chiqildi. Maqolada ko‘z yosh apparati va qovoqlarning patologik holatlari (dakristsistit, epifora, blefarit) statistik tahlil qilinib, ularning zamonaviy diagnostik usullar — optik koherens tomografiya, endoskopik dakriotsistorinostomiya, ultratovush va meibomografiya orqali aniqlanishi, shuningdek, minimal invaziv jarrohlik, lazer terapiyasi va farmakologik davolash bilan samarali davolanishi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari shuni isbotlaydiki, zamonaviy diagnostika va davolash yondashuvlari an’anaviy usullarga nisbatan kasalliklarni erta aniqlash, tiklanish davrini qisqartirish va asoratlarni kamaytirish imkoniyatini oshiradi, shu bilan birga oftalmologik amaliyotda kompleks va multidisiplinar yondashuvning ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.