Skip to main content
Article

CHARLZ RIYONING SHARQSHUNOSLIK FAOLIYATI

Ozoda TAJIBAEVAAlisher Navo'i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature
ABI

Abstract

Sharq adabiyotining nodir manbalari Yevropa davlatlari fondlarida saqlanishi yaxshi ma’lum. Turli yo‘llar bilan borib qolgan bu nodir manbalar xorijda ko‘plab sharqshunoslarning yetishib chiqishiga zamin yaratgan. Turkiy adabiyot manbalarini tadqiq etish orqali har bir xorijiy olim fan rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatgan. Bu fondlarda eng ko‘p tarqalgan Alisher Navoiy asarlari manbalarini tavsiflash, ilmiy o‘rganish ham fransuz, nemis, ingliz, rus olimlari tomonidan ilk bora amalga oshirilgan. Turkiy adabiyotning Buyuk Britaniyadagi manbalari va ularning o‘rganilish tarixi ham alohida tadqiqot mavzuyini taqozo etadi. XIX asrda forsiy va turkiy adabiyot manbalarini dunyoga ma’lum qilgan ingliz olimi Charlz Riyoning ilmiy faoliyati alohida diqqatga sazovor. Olim Britaniya muzeyidagi manbalarni tavsiflash orqali o‘rta asrlar Sharq adabiyoti, tarixini Yevropa xalqlariga tanitishga katta hissa qo‘shgan. Bugun sharqshunoslik, turkologiya sohasida manbalar bilan ishlaydigan har bir tadqiqotchi olimning tavsiflariga murojaat qiladi. Ayniqsa, noyob manbalarning batafsil izohi olimlar uchun qulaylik yaratadi. Maqolada ingliz sharqshunos olimi Charl Riyoning ilmiy faoliyati haqida ma’lumot beriladi. Olimning forsiy va turkiy adabiyot manbalari tavsifidagi prinsiplari belgilangan. Tavsiflardagi yondashuvlari, mulohazali fikrlari fanda davom etib kelgan bahslar bilan mushtarakligi ko‘rsatilgan. Olim yaratgan har ikki kitobning fandagi ahamiyati asoslangan.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references