BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISHDA "YASHIRIN" HAMDA "XUFYONA" IQTISODIYOTNI KAMAYTIRISH ZARURATINING EMPERIK TAHLILI
Abstract
Ushbu maqolada Oʻzbekiston hududlarining barqaror iqtisodiy rivojlanishiga ta'sir etuvchi muhim omillardan biri boʻlgan “yashirin” va “xufyona” iqtisodiyotning hajmi hamda ulushi empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda hududlar kesimida aholi jon boshiga YaIM koʻrsatkichi barqaror iqtisodiy rivojlanishning asosiy indikatori sifatida qabul qilinib, unga xufiyona va yashirin iqtisodiyotning absolyut hajmi hamda YaIMdagi ulushi oʻrtasidagi bogʻliqlik OLS regressiya modeli yordamida baholanadi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, yashirin va xufyona iqtisodiyotning yuqori darajasi hududlarning iqtisodiy samaradorligini pasaytiradi, fiskal barqarorlik va investitsion jozibadorlikka salbiy ta'sir koʻrsatadi hamda barqaror iqtisodiy oʻsish sur'atlarini cheklaydi. Ushbu natijalar xufyona iqtisodiyotni qisqartirish, iqtisodiy shaffoflikni oshirish va institutsional islohotlarni chuqurlashtirish barqaror rivojlanishning muhim sharti ekanini tasdiqlaydi.