YANGI TUG`ILGAN CHAQALOQLARDA BIRLAMCHI NAFAS BUZILISHI VA O`PKA ATELEKTAZI
Abstract
YANGI TUG`ILGAN CHAQALOQLARDA BIRLAMCHI NAFAS BUZILISHI VA O`PKA ATELEKTAZI Kuchkinov Novruzbek Nurboy Ògli [email protected] Samarqand advlat tibbiyot universiteti Patologik anatomiya, seksion-biopsiya kursi bilan kafedrasi klinik ordinatori. O`zbekiston, Samarqand sh, Amir Temur ko`chasi 18, Тел: +998 66 2330841 E-mail: [email protected]. Norjigitov Azamat Musakulovich [email protected] Samarqand advlat tibbiyot universiteti Patologik anatomiya, seksion-biopsiya kursi bilan kafedrasi klinik ordinatori. O`zbekiston, Samarqand sh, Amir Temur ko`chasi 18, Тел: +998 66 2330841 E-mail: [email protected]. https://doi.org/10.5281/zenodo.18225590 Annotatsiya: Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘pka atelektazi neonatologiya amaliyotida eng ko‘p uchraydigan va klinik jihatdan ahamiyatli patologiyalardan biri hisoblanadi. Tug‘ilgandan so‘ng o‘pka to‘qimasining to‘liq yoyilmasligi nafas yetishmovchiligi, gipoksiya va jiddiy asoratlar — jumladan, persistent o‘pka gipertenziyasi, pnevmoniya va bronxoo‘pka displaziyasi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, atelektazning uchrashi muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda yuqori, chunki ularda o‘pka to‘qimasining yetilmaganligi va surfaktant tanqisligi kasallikning kechishini og‘irlashtiradi. Ushbu holatni o‘z vaqtida aniqlash va tuzatish muhimligi sababli, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda atelektazning patogenezi, morfologiyasi va zamonaviy davolash usullarini o‘rganish ham ilmiy, ham klinik muhitda juda dolzarb hisoblanadi. Atelektaz rivojlanish mexanizmlarini yaxshiroq tushunish neonatal kasalliklar sonini kamaytirishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: Surfaktant, yangi tug‘ilgan chaqaloq o‘pkalari, muddatidan oldin tug‘ilish, o‘pka to‘qimasi, alveolyar kollaps, nafas yetishmovchiligi.
Not yet translated