Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Article

HOMILA ICHI INFEKSIYALARI TA'SIRIDA YURAKDA KELIB CHIQADIGAN TUG'MA NUQSONLAR VA ULARDAGI PATOMORFOLOGIK O'ZGARISHLAR

Musurmonova Muxlisa Sanjar qiziSamarqand davlat tibbiyot universteti "Patalogik anatomiya va seksion biopsiya kursi bilan kafedrasi magistr rezidenti. O'zbekiston, Samarqand shahri, Amir Temur ko'chasi 18, Tel: +998 66 2330841 E-mail: [email protected]
ABI

Abstract

HOMILA ICHI INFEKSIYALARI TA’SIRIDA YURAKDA KELIB CHIQADIGAN TUG’MA NUQSONLAR VA ULARDAGI PATOMORFOLOGIK O’ZGARISHLAR Musurmonova Muxlisa Sanjar qizi [email protected] Samarqand davlat tibbiyot universteti “Patalogik anatomiya va seksion biopsiya kursi bilan kafedrasi magistr rezidenti. O‘zbekiston, Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi 18, Tel: +998 66 2330841 E-mail: [email protected]. https://doi.org/10.5281/zenodo.18236242 ANNOTATSIYA: Ushbu tadqiqot tug‘ma yurak nuqsonlari bilan tug‘ilgan bolalarda homila ichi TORCH-infeksiyalarining (Toxoplasma gondii, Rubella virus, Cytomegalovirus, Herpes simplex virus) yurak embrional rivojlanishiga ta’sirini patomorfologik, gistologik va gistokimyoviy jihatdan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot Samarqand viloyatida tug‘ma yurak nuqsonlari bilan tug‘ilgan homila va neonatallar patologik materiallari asosida olib borildi. Yurak to‘qimalari, yirik va o‘rta kalibrli qon tomirlari hamda perikard sohasidan olingan autopsiya va biopsiya namunalarida kompleks morfologik tahlil o‘tkazildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, homila ichi TORCH-infeksiyalari yurak morfogenez jarayonini buzib, struktural, yallig‘lanish-distrofik va fibroz o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi aniqlandi. Rubella va sitomegalovirus infeksiyalari fonida ochiq arterial yo‘l, atrial va ventrikulyar septal nuqsonlar hamda o‘pka arteriyasi stenozlari ustunligi qayd etildi. Sitomegalovirus va Herpes simplex viruslari bilan bog‘liq holatlarda miokardit, kardiyomiositlar distrofiyasi, interstitsial fibroz va mikrosirkulyator buzilishlar aniqlanib, ular yurak yetishmovchiligi rivojlanishining morfologik asosi sifatida baholandi. Olingan natijalar asosida homila ichi infeksiyalari bilan bog‘liq tug‘ma yurak nuqsonlari uchun diagnostik ahamiyatga ega bo‘lgan yangi morfologik mezonlar va patomorfologik tasnif taklif etildi. Tadqiqot natijalari tug‘ma yurak nuqsonlarini erta tashxislash va profilaktika choralarini takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.. Kalit so‘zlar: tug‘ma yurak nuqsonlari, homila ichi infeksiyalari, TORCH-infeksiyalar, rubella virusi, sitomegalovirus infeksiyasi, Herpes simplex virusi, yurak embrional rivojlanishi, intrauterin miokardit.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon