Skip to main content
Article

O'TKIR HOSHIMOV HIKOYALARIDA -DAY/-DEK VOSITALARI YORDAMIDA HOSIL BO'LGAN O'XSHATISHLAR

Axmadjon MAVLONOVSh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiMarjona MUSTAFOQULOVASh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
ABI

Abstract

Annotatsiya: Xalqimiz o‘xshatishlardan mahorat bilan foydalanadi va bu badiiy adabiyotda ham o‘z aksini topgan. Badiiy asarda o‘xshatishlar badiiy asar tilining tasviriyligi, obrazliligini kuchaytiruvchi, unga jozibadorlik va poetik ifodaviylik beruvchi vositalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘xshatishlar yozuvchi dunyoqarashi va badiiy mahoratining qay darajada yuqori ekanligini ham ko‘rsatib beruvchi unsurdir. Tilshunosligimizda o‘xshatishlarning ikki turi farqlanadi. Bular – turg‘un va individual o‘xshatishlardir. O‘xshatishlarni tatbiq qilish nafaqat tilimizning qay darajada tasviriyligini o‘rganishga, balki uning badiiy asardagi o‘rni va yozuvchi mahoratini tushunishga ham turtki bo‘ladi. Maqolada xalqimizning sevimli yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning hikoyalaridagi o‘xshatishlar ko‘rsatiladi va ularning tarkibi va turlari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: o‘xshatish, o‘xshatish subyekti, o‘xshatish etaloni, o‘xshatish asosi, o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichi, badiiy o‘xshatish, umumxalq xarakteridagi o‘xshatish.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references