Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
Article

Bolalar exokardiografiyasida innovatsion yondashuv: «Echo Assistant» ilovasi

ABI

Abstract

Kirish. Bolalar exokardiografiyasida kattalardan farqli ravishda “yagona normativ” mavjud emas va normani belgilashda yurak-qon tomir tizimining yoshga bog‘liq hamda fiziologik xususiyatlarini hisobga olish lozim. Olingan ma’lumotlarni interpretatsiyalash bir nechta hisob-kitoblarni va ularni standart qiymatlar bilan solishtirishni o‘z ichiga oladi. Oxirgi paytlarda tibbiyotda, shu jumladan exokardiografiyada ham bolalar ichki a’zolarini miqdoriy baholashda Z-score mezonlaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Z-ballarni “qo‘lda” hisoblash ko‘p vaqt va mehnat talab qiladi, bu esa tekshiruv vaqtini va xatoliklar ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. Python dasturlash tili yordamida ishlab chiqilgan “Echo Assistant” ilovasi bu jarayonni avtomatlashtirish uchun innovatsion yechimdir. Ilova ko‘plab exokardiografik parametrlarni avtomatik hisoblash modullariga, shuningdek, “z-score” kalkulyatoriga ega. Tadqiqot maqsadi. Turli yoshdagi bolalarda exokardiografik tekshiruv o‘tkazishda «Echo Assistant» ilovasidan foydalanish samaradorligini baholash. Material va tadqiqot usullari. Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida, 1 oylikdan 17 yosh gacha bo‘lgan 30 nafar sog‘lom bolalarda exokardiografik tekshiruv olib borildi. Tekshiruvlar ikkita teng guruhga bo‘linib, 15 tasida an’anaviy usul va 15 tasida “Echo Assistant” ilovasidan foydalanildi. Tekshiruvlar “Toshiba Xario 200” (Yaponiya) ultratovush qurilmasida, 1-5 Megagersli datchikdan foydalanib o‘tkazildi. O‘lchovlar standart para metrlarni o‘z ichiga oldi: yurak kameralari va yirik tomirlar o‘lchami, devorlar qalinligi va gemodinamik parametrlar. Hisobotlarni tuzishning an’anaviy usuli ko‘p sonli chiziqli va hajmli parametrlarni “qo‘lda” kiritish va hisoblashni ta lab qildi, bu vaqt sarfini sezilarli darajada oshirdi. «Echo Assistant»-dan foydalanganda esa, faqat chiziqli o‘lchamlar kiritildi, barcha hisob-kitoblar va hajmli ko‘rsatkichlar ilova tomonidan avtomatik ravishda hisoblandi. Har ikki usul da tekshiruv va hisobot shakllantirishga ketgan vaqt solishtirildi. Natijalar. «Echo Assistant» ilovasidan foydalanish orqali quyidagilarga erishildi: 1) Tekshiruv olib borish va exokardiografiya hisobotini shakllantirish uchun ketadigan vaqtni o‘rtacha 43% ga qisqartirish (28,7±2,8 dan 16,3±1,4 daqiqagacha); 2) Yurak-qon tomir tizimining 25 ta parametrini avtomatik his oblash (hajmli o‘lchamlar, gemodinamik parametrlar, z-score); 3) Bolalar exokardiografik tekshiruv hisobotini stan dartlashtirish (“ma’lum bir qolipga solish”); 4) Bemor ma’lumotlarini saqlash, tezkor qidirish, oldingi va hozirgi tek shiruvlardagi parametrlarni solishtirish imkonini beruvchi yagona ma’lumotlar bazasi yaratish; 5) An’anaviy usulga nisbatan hisobotlardagi xatoliklar sonini 5%-ga kamaytirish. Xulosa. Bolalar exokardiografiyasi amaliyotiga “Echo Assistant” ilovasining joriy etilishi hisob-kitoblarni va ex okardiografik hisobot tuzishni avtomatlashtirish orqali vrach-diagnost ishining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. O‘rnatilgan “z-score” kalkulyatoridan foydalanish bemorning antropometrik xususiyatlarini hisobga ol gan holda natijalarni aniqroq talqin qilish imkonini beradi. Markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratish bemor ma’lumotlarini saqlash, qidirish va tahlil qilishni soddalashtiradi, bu esa exokardiografiya bilan shug‘ullanuvchi mu taxassislar ishini optimallashtirishga yordam beradi. Bolalar yurak ultratovush tekshiruvida ish jarayonini avtomat lashtirish va diagnostika sifatini yaxshilash maqsadida ilovadan foydalanish tavsiya etiladi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon